22:30 / 28.05.2019
3 352

Tadbirkorlar uchun muhim yangilik: Hukumat mehmonxonalar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

Tadbirkorlar uchun muhim yangilik: Hukumat mehmonxonalar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mehmonxonalar qurilishini rag‘batlantirish, turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishini jadallashtirish, taniqli va nufuzli xalqaro mehmonxona brendlarini mamlakatga faol jalb etish, respublikadagi umumiy mehmonxona xonalari sonini oshirishga qaratilgan vazifalarni huquqiy tartibga soladi.

Xususan, qarorda yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizom muvofiq talabgorlar (tadbirkorlar) uchun Davlat byudjetidan kompensatsiya miqdori quyidagi hajmlarda o‘rnatilgan:

a) yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun kelgusi yil Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:

- kamida 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 mln. so‘m;
- kamida 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 mln. so‘m.

Bunda moliyalashtirish respublika bo‘yicha umumiy mehmonxona xonalari sonini 50 mingga yetguniga qadar amalga oshiriladi.

b) dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (“Brand Finance” reytingidagi TOP-50 ga kiruvchi mehmonxona brendlari yoki Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida) foydalanish bo‘yicha royalti franchayzing shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida quyidagi hajmda Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi:

- dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir xonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;
- dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir xonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida.

Bunda royalti moliyalashtirilishining umumiy hajmi 10 million AQSh dollariga teng.

Qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish ishlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlar uchun muhim yangilik: Hukumat mehmonxonalar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi