Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda. Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidlagan.
“Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi. Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas”, - deydi davlat rahbari.
Shuningdek, prezident Suriyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar haqida ham gapirdi.
“Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda? Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga olib kelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Faqat qarsak, qarsak, ura-ura... Birorta shoir chiqmadi: Uyg‘onaylik endi, deb...”, - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi