Toshkent viloyati hokimligida prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi davomida Quyi Chirchiq tumani hokimi Sobir Murodov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot Respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Quyi Chirchiq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi», deyiladi xabarda.
Prezident viloyatning boshqa tumanlaridagi ahvolni ham tanqid qilgan.
«Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Bo‘ka...
Aholi yashash sharoiti respublikaga nisbatan 3 baravar kam. Viloyatda 121 ming kishi ishsiz, 117 ming kishi xorijda - ishlagani ketgan, 137 ming yosh iqtisodiy og‘ir ahvolda.
117 ming kishi - xorijda. Shular bizdan rozimi? Onasi har kuni bolasini duo qilmagani uchun bizdan rozimi?
Nuroniylar gapirmaydi. «Bag‘rikengmiz, bag‘rikengmiz...» gapiringlar. Achchiq-achchiq qilib gapiringlar...», degan prezident.
Sobir Murodov 2018 yilning fevralida Botir Rahimov o‘rniga Quyi Chirchiq tumani hokimi lavozimida ish boshlagandi. Botir Rahimov esa 2017 aprelidan tumanga rahbarlik qilgandi.
Endi tumanga kim yangi hokim bo‘lishi hozircha ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?