4 199
Safoyev: «eski tizim» amaldorlari iqtisodiyotni boshqarishni qo‘ldan chiqargisi kelmayapti
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirishni jadallashtirish kerak deb hisoblaydi. Shu bilan birga, uning aytishicha, hukumatda iqtisodiyot sohasida davlat nazoratini saqlab qolishni istaydigan odamlar hali ham bor.
«Avvalgi tizimda o‘sgan amaldorlar iqtisodiyotni boshqarishni qo‘ldan chiqarishni xohlashmayapti», – dedi Safoyev Toshkentdagi CAMCA (Central Asia-Mongolia-Caucasus-Afghanistan) 6-mintaqaviy forumi ochilishida.
Senatorning qayd etishicha, O‘zbekiston ikki yil ilgari olamshumul islohotlarni amalga oshirishni boshladi. Uning fikricha, hukumat davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklashi, uni liberallashtirishni davom ettirishi va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashi lozim.
«O‘zbekiston hukumati ortga qaytib bo‘lmaydigan yo‘l tanladi va bu islohotlar jadallashishi darkor», – deb ta’kidladi Safoyev.
Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z natijasini bera boshladi. Senator xorijiy investitsiyalar kiritilishi 13%ga o‘sganini qayd etdi. Bundan tashqari, hukumatda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Uning tarkibiga O‘zbekiston va jahonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bo‘lgan yosh, faol kadrlar kirdi, deb qo‘shib qo‘ydi siyosatchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin