date

Piyodalarga yo‘lda telefon va planshetlardan foydalanish man etildi

Piyodalarga yo‘lda telefon va planshetlardan foydalanish man etildi

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikni tashvishlantirayotgan, yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan, umuman harakatlanish xavfsizligiga jiddiy raxna solayotgan bir muammo ham bor edi.

Bu erda gap yo‘lda harakatlanayotgan piyodalarning uyali telefondan, planshetlardan foydalanishlari, yo‘lda harakatlanayotgan vaqtda quloqlariga turli moslamalarni taqib olib gaplashishlari, musiqa eshitish va xatto kino ko‘rishlari haqida ketmoqda. Bu salbiy holat,ayniqsa, maktab va kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida urf bo‘lib qolgandi. Kundalik ma’lumotlarimiz orasida aynan shu holat sababli transport g‘ildiraklari ostiga tushib halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bor.

Shu kabi holatlarni inobatga olgan holda tasdiqlangan yo‘l harakati qoidalarining 19-bandida piyodalarga yo‘lda yurganda, piyodalar uchun ajratilgan joylardan o‘tayotganda hayolni chalg‘ituvchi narsalardan, jumladan telefon, planshetlardan foydalanish, videoko‘rish, gazeta, jurnal va kitob o‘qish man etildi.

2016 yilning 1 martdan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari" to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliev Darakchi.uz'ga ma’lumot berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Piyodalarga yo‘lda telefon va planshetlardan foydalanish man etildi