Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi

Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi
Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi

8 yanvar kuni Toshkent shahrida mahalliy vaqt bilan soat 14:08 da erosti silkinishlari sezildi.

«Toshkent» markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilinishicha, Toshkentda sezilgan zilzila kuchi 2 balldan kam bo‘lgan.

Yevropa - O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 540 kilometr uzoqlikda Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida bo‘lgan. Epitsentrda zilzila magnitudasi 5 ga teng bo‘lgan.

Erosti silkinishlari Samarqand shahrida ham sezildi, deb yozadi uz24.uz nashri.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar