O‘zbekistonda “Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari” loyihasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasida 2019-2020 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasida aytiladi.
“Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari” loyihasi iqtidorli yosh kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu borada Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo Kengashi qarori ishlab chiqiladi.
Bajarish muddati - 2019-2020 o‘quv yili. Mas’ul ijrochilar - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi.
Shuningdek, yosh mutaxassislarni chekka hududlarga yuborishga qaratilgan “Shahardan qishloqqa” loyihasi amalga oshiriladi. Mas’ul ijrochilar - Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi.
Bundan tashqari, yoshlarga oid davlat siyosatiga mas’ullar kompetentligini aniqlash, “sotsial lift” mexanizmi samarali ishlashini ta’minlash maqsadida psixodiagnostik test (“Assessment Centre” tashkil etish) amaliyoti joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi