Standartlar instituti besh turdagi mahsulotlarga davlat standartlari amalga kiritilganligini ma’lum qildi.
Ular:
- O’z DSt 3396:2019 Idish-tovoq yuvish uchun vosita. Texnikaviy shartlar;
- O’z DSt 3397:2019 Qovurilgan pistalar, yong‘oqlar va no‘xat. Texnikaviy shartlar;
- O’z DSt 3398:2019 Sanitariya-gigiyenik maqsadlar uchun mo‘ljallangan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari. Texnikaviy shartlar;
- O’z DSt 3399:2019 Sut mahsulotlaridan tayyorlangan qurt. Texnikaviy shartlar;
- O’z DSt 3400:2019 Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar.
Umumiy talablar asosida yagona davlat standartining ishlab chiqilishi tadbirkorlar uchun o‘z navbatida normativ hujjatlarni qayta-qayta ishlab chiqish, muddatini uzaytirish bo‘yicha ortiqcha vaqt va sarf-xarajatlarni tejashga yordam beradi.
Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan standartlar ekspertizasi uchun taqdim etilgan 19 ta jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga oid – 6 ta, qurilish mahsulotlariga oid – 2 ta, veterinariyaga oid – 5 ta, kimyo sanoatiga oid – 4 ta, polimer mahsulotlariga oid – 2 ta tashkilot standartlari (Ts) amalda texnik reglamentlar yoki Davlatlaro standartlar (GOST) va Davlat standartlari (O’z DSt) mavjudligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas deb topilganligi ma’lum qilinadi. Bu bir turdagi mahsulotlarga takrorlanuvchi standartlar ko‘payishini oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin