date
views 2 910

Navoiyda bemor bola uchun plastik kartaga yigʻilgan pullar oʻgʻirlandi

Navoiyda bemor bola uchun plastik kartaga yigʻilgan pullar oʻgʻirlandi
Navoiyda bemor qiz uchun plastik kartaga yigʻilgan 6 million soʻmdan ortiq pullar oʻgʻirlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytiladi.

2019-yil 19-iyul kuni Navoiy shahrida Gulbogʻ koʻchasida yashovchi 48 yoshli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 3-iyuldan 4-iyulga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs uning 12 yoshli qizi G.A.ning sogʻligʻini tiklash uchun moddiy yordam kerakligi toʻgʻrisida Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “Bemor bolajon” kanaliga bergan eʼloni bilan tanishib +99890-362-**-** telefon raqamidan J.P.ga qoʻngʻiroq qilib, qizining sogʻligʻini tiklash uchun oʻz hisobidan pul mablagʻlarini xayriya qilmoqchiligini aytib, aldov yoʻli bilan ishonchiga kirganini va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 soʻm pulini yechib olganligini maʼlum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agarda sizga xayriya qilish maqsadida yoki turli internet saytlari orqali arzon narxdagi mahsulotlarni sotib olishni aytib, bank hisob raqamingiz, plastik kartochkangizning raqamlarini soʻragan shaxslarga hisob raqamlaringiz va plastik kartochkangizning maxfiy kodlarini taqdim qilmang! Shu kabi holatlar avval ham yuz bergani bois biz bu haqida saytimiz orqali ogohlantirgan edik. Bu albatta moliyaviy xavfsizligingizning garovidir”, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiyda bemor bola uchun plastik kartaga yigʻilgan pullar oʻgʻirlandi