2 499
O‘zbekistonga birinchi yarim yillik ichida 3 mlndan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa daxldor vazirlik va idoralarning turizmni rivojlantirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi bo‘yicha axborotini tinglashdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston eng erkin viza tartiblari reytingida MDH davlatlari orasida 2-o‘rinni egallagan. Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonga ilk 6 oy ichida 3 mlndan ko‘proq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 31 foiz ko‘proqdir.
Shuningdek, sayyohlik xizmatlari eksporti oshmoqda, u 2018 yilda 1 mlrd 40 mln dollargacha ko‘paygan. 2019 yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 590,5 mln dollarni tashkil qilgan.
Yuqoridagi tendensiyalar va miqdoriy natijalar ham sayyohlik infratuzilmasi ob’ektlari rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda qolishi davomiyligi oshishi bilan joylashtirish vositalari yuklangani ham o‘smoqda, bu esa sayyohlik infratuzilmasi ob’ektlaridagi bandlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, ushbu sohada bir qator muammolar ham mavjud. Ta’kidlanishicha, bir qator daxldor vazirliklar va idoralarda turizmni rivojlantirish faqatgina Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasida degan yanglish nuqtai nazar vujudga kelgan. Shu sababli zaif idoralararo muvofiqlashtirish qayd qilinib, u ko‘pincha turizm sohasidagi davlat siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan ba’zi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan ifodalangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi