date
views 5 782

O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi tarixiy qaror

O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi tarixiy qaror
«O‘zarxiv» agentligining Telegram’dagi kanalida O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi 335-XII sonli «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qarori surati e’lon qilindi.

Foto: Telegram / @uzarchive
«O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi Ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni Respublikaning davlat mustaqilligi e’lon qilingan hujjatni tan olishga da’vat etadi», — deyiladi qarorning so‘nggi, 5-bandida.

Ushbu tarixiy qaror O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘sha vaqtdagi raisi Shavkat Yo‘ldoshev tomonidan imzolangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi tarixiy qaror