Toshkent shahri hududida 2019-yil 5-noyabr kunidan 6-noyabr kuniga qadar 3 ta yongʻin boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, voqelarda insonlarning halok boʻlish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Shulardan eʼtiborga molik boʻlgan yongʻin, 5 kuni soat 22:13da, Sergeli tumani, Yoʻldosh 7-dahasi 1-uy 1-xonadon xujraxonasining devor qoplamasi 5 kv.m. maydonida yongan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 22:15da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 22:23da qurshab olinib, soat 22:38da bartaraf etilgan
Yongʻin sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida sodir boʻlgan, deb tahmin qilinmoqda. Yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?