Foto: Getty Images
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining fikricha, Oʻzbekistonning xorijiy investitsiyalarga ochilgani Markaziy Osiyoda “sogʻlom raqobat”ni keltirib chiqarishi mumkin.
XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori yordamchisi Mark Xortonning seshanba kuni Qozogʻiston poytaxti Nur Sultonda bergan intervyuda maʼlum qilishicha: “Oʻzbekiston ijobiy investitsiyalar boʻyicha Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanadi”. Raqobat “ikkala davlatni ham shaffoflik, oʻz siyosati va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun koʻp harakat qilishga majburlaydi”.
Oʻzbekistonning bir necha yillik izolyatsiyadan keyin chet el sarmoyalariga ochilgani Qozogʻistonning Markaziy Osiyoning iqtisodiy markazi mavqeiga tahdid solmoqda. Oʻzbekiston aholisi 33 million kishini tashkil etadi, bu Qozogʻiston aholisidan bir yarim baravar koʻp, ammo, XVJ maʼlumotlariga koʻra, mamlakat iqtisodiyoti uch baravar kamdir.
Xortonning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston rasmiylariga XVJning siyosiy maslahatlari va texnik yordami kerak, mamlakat qisqa muddatda juda murakkab va keng koʻlamli islohotlarni boshladi.
Xortonning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston katta bozorga ega va iqtisodiyoti har tomonlama rivojlangan, ayniqsa sanoat sektori salohiyatli, shuning uchun u har jihatdan Qozogʻiston bilan raqobatlashishga majbur boʻlmaydi. Mamlakat Qozogʻistonning xorijiy sarmoyalarni jalb qilish borasidagi tajribasidan foydalanish yoʻllarini izlashi kerak hamda har ikki davlat hamkorlik va oʻzaro sarmoyalar uchun ochiq boʻlishi lozim, deya qoʻshimcha qildi u.
Qozogʻiston Iqtisodiyot vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 2016-yildagi 1,5 milliard dollardan 2018-yilda 2,5 milliard dollargacha oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi