2 845
«U safar davomida menga hamroh bo‘lgandi» — Abe 4 yil oldin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganini esladi
Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi davom etmoqda. 20 dekabr kuni prezident Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashdi.
Kun.uz muxbirining Tokiodan xabar berishicha, ikki tomonlama uchrashuvlardan so‘ng har ikki rahbar OAV uchun brifingda ishtirok etgan. Unda qatnashgan Sindzo Abe O‘zbekistonga borganini eslab o‘tgan.
«4 yil avval O‘zbekistonga borganimda Shavkat Mirziyoyev bosh vazir sifatida butun safar davomida menga hamroh bo‘lgandi. Janob Mirziyoyevga hurmatim baland ekanini yana bir bor ta’kidlamoqchiman.
Yaponiya uzoq yillardan buyon O‘zbekistonga iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili hisoblangan elektr energetikasi sektorida yordam berib keladi. Biz Navoiy IYESning 3-blogini qurish va boshqa loyihalar uchun yangi kredit ajratishni ko‘zda tutganmiz. O‘zbekiston iqtisodiyotining asosi hisoblangan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratilishi uchun ham kredit ajratamiz.
Orolbo‘yi hududidagi ekologik murakkab vaziyatdan xabardor holda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bu hudud aholisining hayot tarzini yaxshilashga hissa qo‘shmoqchimiz. Bugun ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish va bojxona ishlarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladik. Umid qilamanki, bu shartnomalar ikki mamlakatning savdo aloqalarida ijobiy rol o‘ynaydi.
Kecha janob prezident bo‘lgan Nagoya hamda Toshkent shaharlarining o‘zaro sheriklik bo‘yicha kelishuvlarini ijobiy baholayman. O‘zbekiston bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan holda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotini davom ettiramiz. Bugungi kelishuvlardan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev bilan yelkama-yelka ishlaymiz», — dedi Sindzo Abe. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)