
23 dekabr kuni Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyaning 2019 yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish davomida ushbu Komissiyaning yil davomida olib borgan ishlari muhokama etilib, kelgusi yil uchun faoliyat rejalari belgilab olindi.
Xususan, unda O‘zbekistonning 2019 yilda xalqaro reytinglar va indekslarda egallagan pozitsiyalari muhokama etildi.

O‘zbekistonning “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da qo‘lga kiritgan ball miqdori 22 balldan 23 ballga o‘sganligiga qaramasdan, respublikaning indeksdagi o‘rni 1 pog‘onaga tushdi. Buning asosiy sababi Tojikiston va Eritreya davlatlarining indeksdagi natijalari mos ravishda 21 balldan 25 ballga hamda 20 balldan 24 ballga o‘sib, 161-o‘rindan 152-o‘ringa va 165-o‘rindan 157-o‘ringa ko‘tarilganligidir.
“Korrupsiyani tiyib turish” subindikatori bo‘yicha Economist Intelligence Unit va Freedom House tashkilotlari tomonidan O‘zbekistonga “0” ball qo‘yilgan. Bunga asosiy sabablar:
— fuqarolar turar joylarining buzilishi;
— mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilishi holatlari jazosiz qolayotganligi;
— joylarda maishiy korrupsiyaning mavjudligi;
— sud tizimida qonuniylik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar