14:39 / 29.12.2019
2 793

O‘zbekistonda FHDYO shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonda FHDYO shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
«Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida»gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Daryo» sayti ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik, o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi.

Bunda:
1-raqam dalolatnoma yozuvi turi;

2–5-raqamlar FHDYO organi kodi;

6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil;

8–12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.

12 katakli maxsus kod bilan raqamlanish «FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali ma’lumot almashinuvini osonlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda FHDYO shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi