
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Muhokama uchun e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 197-5-modda bilan to‘ldiriladi:
“197-5-modda. Ta’lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
Ta’lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar