date
views 2 919

Maykl Pompeo O‘zbekistonga kelishini tasdiqladi

Maykl Pompeo O‘zbekistonga kelishini tasdiqladi
AQSH Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo 2020 yilda O‘zbekistonga kelishiga oid xabarlarni tasdiqladi.

«Yangi yilda Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Kiprga safar qilib, hamkasblarim bilan ko‘rishish hamda AQSH siyosatining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlashni intizorlik bilan kutyapman», – deb yozdi Pompeo Twitter sahifasida.

AQSH Davlat departamenti press-relizida qayd etilishicha, Pompeo turnesini 3 yanvar kuni Ukrainadan boshlaydi. U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, TIV rahbari Vadim Pristayko va Mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk bilan muzokaralar o‘tkazadi.

4 yanvar kuni Pompeo Minskda bo‘lib, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hamda Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashadi.

5 yanvar kuni u Nur-Sultonga uchadi, uni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qabul qiladi, u shuningdek Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda TIV rahbari Muxtar Tleuberdi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

5-6 yanvar kunlarida Pompeo Toshkentda bo‘ladi, u bu yerda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi. Bundan tashqari, u bu yerda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan birga «C5+1» shaklidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

7 yanvar kuni u Kiprga keladi, u bu yerda respublika prezidenti Nikos Anastasiadis va TIV rahbari Nikos Xristodulidis bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Qayd etish joiz, Amerika tashqi siyosat idorasi rahbarining Toshkentga kelishi – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyeyovning fevral oyi boshida Rossiyaga tashrifi arafasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan avvalroq, Pompeo Qozog‘istonga tashrifi davomida AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini taqdim etishi xabar qilingandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maykl Pompeo O‘zbekistonga kelishini tasdiqladi