2 340
Prezident: Tuman hokimligi lavozimiga ham ayollarni izlayapman, lekin topolmayapman
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ayollarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish masalasiga to‘xtaldi.
«Ijro organlarida, vazirlik va idoralarda gender tenglikni ta’minlash, muhtarama opa-singillarimizga mas’ul lavozimlarni ishonib topshirish bo‘yicha ko‘p ish qilishimiz kerak.
Hokimlar yozib olinglar, quyi pog‘ona hokimlariga ham aytasizlar. Har yili hokim menga bir marta yopiq xat yozadi, shaxsan prezidentga. Bir yilda qaysi lavozimga ayollar tavsiya qilingani, qaysi lavozimga tayyorlangani to‘g‘risida. Yil yakuni bo‘yicha hammangiz hisobot berasizlar.
Men tuman hokimi lavozimiga ham ayollarni izlayaman, lekin topolmayapman.
Ularni ham sinab ko‘rish kerak, ularga ham imkoniyat berish kerak. Ularning ham rolini kuchaytirishimiz kerak. Sizlarga yoqadimi, yo‘qmi, menga yoqadi.
Nima uchun? Ayollarimiz muammolarni chuqurroq bilishi, fidoyiligi, kuchli mas’uliyat tuyg‘usi, mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi deb takror-takror aytmoqchiman», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi