
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot sohasidagi vazifalarga to‘xtalar ekan, biznes muhitini yanada yaxshilash eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi:
“Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida, eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik.
Xabaringiz bor, bundan 2 yil oldin korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e’lon qilingan moratoriy muddati tugadi. Lekin, bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas.
Kimgadir bu yoqadimi-yoqmaydimi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha nazorat idoralari rahbarlari shuni qulog‘iga yaxshilab quyib olsin.
Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa bundan 3-4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish choralarini ko‘rish zarur".
Murojaatnoma davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar