Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlanadi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Farmon loyihasiga ko‘ra:
- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni, shu jumladan sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari malakasini oshirish o‘quv markazlarida, shuningdek umumta’lim muassasalari, akademik litsey va kollejlarda «Inson huquqlari» o‘quv kursini joriy etish;
- inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlar uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida taqdim qilinadigan «Inson huquqlari himoyasi uchun» Milliy mukofotini ta’sis etish;
- 2020 yilda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish vazifalari belgilangan.
Strategiyaga muvofiq, O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha dunyoning 50 yetakchi mamlakatlari qatoriga kirishi hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi.
Muhokama joriy yilning 12 fevraliga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi