
O‘zgidrometning xabar berishicha, 26-27 fevralda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.
26-27 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘ladi.
Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetadi.
Havo harorati 26 fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, mamlakat shimolida kechasi va kunduzi 3-8 darajani tashkil qiladi.
27 fevralda respublika bo‘yicha havo haroratining kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar