date
views 3 042

Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo kuzatiladi

Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo kuzatiladi
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi shimoliy Ural rayonlaridan kirgan antisiklonning nisbatan sovuq chegarasi ta’sirida bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, butun respublika bo‘yicha ob-havoning quruq va asosan quyoshli bo‘lishi kutilmoqda.

Antisiklon chegarasining ta’siri natijasida tunda havo soviydi va 2-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta-sekin isitadi va harorat 12-15 darajagacha iliydi.
Qayd etilishicha, bu mart oyining birinchi yarmi uchun o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga yaqindir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo kuzatiladi