4 659
O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
O‘zbekistonga koronavirus kirishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida 14 martdan O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlar to‘xtatiladi.
Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi vaqtincha to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida shunday qarorga kelindi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Unga ko‘ra, cheklovlar quyidagi shaxslarga taalluqli emas:
- diplomatik va xizmat pasporti egalari;
- cheklov o‘rnatilgan mamlakatlar fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan oldin oxirgi 14 kun ichida cheklov o‘rnatilgan mamlakatlarda bo‘lmagan bo‘lsa.
Ta’kidlash joizki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida JSST rahbari A.Tedros 2020 yilning 11 mart kuni ushbu kasallikni dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgani, kasallikning yuqishini inobatga olgan holda dunyo bo‘yicha “pandemiya” holati ekanligi e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi