«O‘zgidromet» dam olish kunlari (28-29 mart) kunlari yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti haqida ma’lumot berdi.
Kecha kechqurun respublika hududining janubi-g‘arbiy qismiga Tyrkmaniston hududidan bulutli nam massivlar kira boshladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va bugun ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘di. Boshqa joylarda yog‘ingarchilik kuzatilmadi.
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida avvalgidek quruq havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayrim joylargap yana yomg‘ir yog‘adi.
Harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu me’yoriy ko‘rsatkichlardan bir oz yuqoridir.
28-29 mart kunlari va kelayotgan hafta boshida mamlakatimizda ob-havoning quruq va asosan ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta ko‘tarilib, dushanba kuniga 22-25 darajani, janubda 27 daraja issiqni tashkil qiladi, bunday harorat yilning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 6-9 darajaga yuqoridir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi