
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida «o‘zini yakkalash» («samo izolyatsiya») hayot tarzi joriy etildi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bergan.
Qaroga ko‘ra:
- Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi;
- zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.
O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi noma’lum ekanligi, karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi, karantin payti boshqa viloyatlardagi dafn marosimlarida ishtirok etishga ruxsat berilmasligi aytilgani, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 million so‘mdan ish haqi berilgani haqida xabarlar berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar