Sog‘lom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob o‘zi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.
Bu haqda RIA Novosti’ga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) rasmiy vakili Tarik Yazarevich ma’lum qildi.
“Pozitsiyamiz o‘zgargani yo‘q. Sog‘lom odamlar niqob taqish shart emas. Kimda kasallik alomatlari bo‘lsa ular boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqishlari shart. Shuningdek, bemorlarga qarayotgan kishilar, masalan, uyda niqob taqishi kerak, chunki ular yuqtirib olishi mumkin”, - dedi u.
BSST vakili “niqob o‘zi virusdan himoya qilish uchun kafolat bo‘la olmaydi“.
“Niqob boshqa choralar bilan qo‘llanishi kerak. Muammo shundaki, odamlar niqob taqqanda xavfsizlikka ega bo‘lishi haqida yolg‘on fikrga keladi. Ular qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishadi. Bundan tashqari, niqobni to‘g‘ri taqishni bilmasangiz, odatdagidan ko‘ra, yuzingizga tegish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi”, - dedi Yazarevich.
Mutaxassis ta’kidlashicha, dunyodagi shifokor va tibbiyot mutaxassislari, birinchi navbatda, barcha zarur himoya vositalariga yetarli miqdorda ega bo‘lishi kerak: niqoblar, himoya ko‘zoynaklari va qo‘lqoplar. Bunga faqat fuqarolar tomonidan bu materiallarni ommaviy sotib olishni cheklash orqali erishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi