O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda ob-havo ma’lumotlarida xabar qilindi.
7-9 aprelda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.
7-9 aprelda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8 aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kechasi va 9 aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
7-8 aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.
Havo harorati 7 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9 aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi