1 989
JST bosh direktori o‘rinbosari O‘zbekistonni tashkilotga a’zo bo‘lish harakatlarini faollashtirishga chaqirdi
Alan Vulf / Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
16 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov videokonferensiya formatida Jahon savdo tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Alan Vulf bilan muzokara o‘tkazdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonining joriy holati va istiqbollari, shu jumladan Ishchi guruhning 4-yig‘ilishini o‘tkazish masalasi muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, pandemiya tufayli mart oyi o‘rtasidan Jahon savdo tashkiloti doirasidagi barcha rasmiy tadbirlar to‘xtatilgan va bu haqda O‘zbekiston tomoni xabardor qilingan.
17 apreldan JST asosiy organlari faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan amalga oshirish orqali tiklash bo‘yicha a’zo-davlatlarning norasmiy maslahatlashuvlari boshlanmoqda.
Sardor Umurzoqov
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
«A’zo bo‘lgan davlatlar tomonidan tashkilot faoliyatini masofadan amalga oshirish borasida ijobiy qaror qabul qilingan holda, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga nomzod mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston bo‘yicha ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishlarini tezkor o‘tkazilishi birinchi navbatdagi masala bo‘ladi.
A.Vulf respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida tashkilot Kotibiyati tomonidan O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi borasida ishontirdi. Buning uchun O‘zbekiston tarafini mazkur yo‘nalishda birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarni faollashtirishga chaqirdi», deyiladi rasmiy xabarda.
Muzokaralar yakunida a’zolik yuzasidan birgalikda qilinayotgan ishlarni masofadan davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
JSTga kirish jarayonining qayta boshlanishi
Jahon Savdo Tashkiloti 1995 yil boshidan hozirgi formatiga o‘tkazilgan, O‘zbekiston unga a’zo bo‘lib kirish uchun 1994 yilda ariza bergan – mamlakat hozir kuzatuvchi maqomida. Jahonning 164ta davlati, shu jumladan Qozog‘iston, Qirzig‘iston va Tojikiston ham JST a’zosi sanaladi.
2017 yil noyabrida – prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida mamlakat JSTga kirish bo‘yicha ishlarni qayta boshlagani ma’lum bo‘ldi.
2018 yilda O‘zbekistonda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi. Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov bu tuzilmaga a’zo bo‘lib kirish uchun 4-5 yil vaqt kerak bo‘lishini aytdi. Shu yili Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi davomida ham mamlakatning bu boradagi qarori qat’iy ekani ta’kidlandi.
2019 yil iyuliga kelib, O‘zbekiston tomoni tashkilotga kirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni JSTga taqdim etdi.
Yil oxirida, prezident Shavkat Mirziyoyev JSTga a’zo bo‘lish – mamlakat oldidagi eng ustuvor maqsadlardan biri ekanini qayd etdi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov esa O‘zbekiston bu xalqaro tuzilmaga kirish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlamoqchiligini bildirdi.
JSTga kirish bo‘yicha tegishli ishchi guruhning 4-yig‘ilishi 2020 yilda Jenevada bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Bu ishchi guruhning 3-yig‘ilishi 2005 yilda o‘tkazilgan.
Respublikaning JSTga qo‘shilishi uchun Yevroittifoq 5 million yevro mablag‘ ajratgan. Shuningdek, BMT va Jahon Banki kabi xalqaro tashkilotlar, AQSH, Koreya Respublikasi va Xitoy kabi hamkorlardan moliyaviy-texnik ko‘mak olinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»