date

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, deb xabar berdi Daryo nashri.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 11−12 fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, 13−14 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 11−12 fevralda 3−8° iliq, 13−14 fevralda 0−5° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11−13 fevralda 7−12° iliq, 14 fevralda 4−9° iliq, kunduzi 11 fevralda 15−20° iliq bo‘ladi, 12−14 fevralda 8−13° iliqgacha pasayadi

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4−9° iliq, kunduzi 11 fevralda 15−20° iliq, 12−14 fevralda 10−15° iliq bo‘ladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7−12° iliq, kunduzi 11 fevralda 16−21° iliq bo‘ladi, 12−14 fevralda 10−15° iliqgacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2−7° iliq, kunduzi 11 fevralda 13−18° iliq, 12−14 fevralda 10−15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 11−14 fevralda vaqti-vaqti bilan yo‘gingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9−10 fevralda 7-12° iliq, 11−14 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.

9−15 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 10−15 fevralda O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘irli ob-havo kutilmoqda