Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Ikki mamlakat Hukumatlari orasidagi o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi yangilangan bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi.
Joriy yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri L.Di Mayo bilan ikki mamlakat orasidagi investitsiya, savdo-iqtisodiy va moliya-texnik hamkorlik masalalarining keng doirasini muhokama qildi.
Investitsiya hamkorligining hajmlarini ko‘paytirish zaruriyati bo‘yicha ikki tomon ham to‘xtalib o‘tdi. Shunga binoan ikki mamlakat Hukumatlari orasidagi o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi yangilangan bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi – ushbu hujjatni imzolash O‘zbekiston va Italiya tadbirkorlarining amaldagi va kelgusi hamkorligining huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda Italiya sanoat korxonalari konfederatsiyasining («Konfindustriya») vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi taklif ilgari surildi. Bu ikki mamlakat investorlari va tadbirkorlariga loyihalarni bajarishda amaliy yordam ko‘rsatishga imkon yaratadi.
Tomonlar tovar aylanmasini oshirishda rag‘batlantirishni davom etish uchun milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga o‘zaro kirib borishiga qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatlarning mutasaddi idoralari mutaxassislari o‘rtasida O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa ittifoqi bojxona, fitosanitar va karantin nazorati talablariga mosligi masalalari bo‘yicha texnik maslahatlashuvlar o‘tkazish, ikki mamlakat xo‘jalik sub’ektlarining savdo uylarini ochish orqali qulay sharoitlar yaratishga tayyorliklarini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Italiyaning «Yunikredit», «Inteza Sanpaolo», «UBI Bank» kabi banklari va boshqa moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish va kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Italiya tomoni O‘zbekistonning jahon iqtisodiyot tizimiga integratsiyalashish jarayonlariga ijobiy baho berdi – xususan, Yevropa ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini tezda muvofiqlashtirish va imzolash, O‘zbekistonning GSP+ imtiyozlar tizimining benefitsiar-mamlakati maqomiga ega bo‘lishi va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi borasidagi xatti-harakatlari e’tirof etildi. Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri ushbu masalalar bo‘yicha O‘zbekistonga texnik va maslahat ko‘magini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish borasida, jumladan, Toshkentda Piza universitetining filialini ochish, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va «Sannio» universiteti o‘rtasida «Tibbiy bioinjeneriya» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma fakultet yaratish, Toshkent shahrida Italiya dizayn markazini ta’sis qilish va Samarqanddagi «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universitetining o‘quv dasturlariga ilg‘or italiyalik o‘qitish usullarini tatbiq etish borasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha alohida kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»