Mudofaa vazirligi harbiy psixologlaridan tashkil topgan ishchi guruh Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan ijtimoiy-psixologik tadbirlarni muntazam amalga oshirilib kelmoqda.
Mana shunday xayrli tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazildi. Unda harbiy psixologlar suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida jabrlangan fuqarolarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan vahima, qo‘rquv va tushkunlik holatlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat va psixodiagnostika, shuningdek, xotira, tanishuv, tafakkur trening kabi tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Harbiy psixologlarga shu yil o‘qishga kirishni ko‘zlayotgan abituriyentlikka nomzod yoshlar ko‘proq murojaat qilmoqda. Ular o‘quv darsliklari va boshqa kerakli vositalarni topishlarida biroz qiyinchiliklarga uchrayotgani haqiqat. Shu bois ishchi guruh tegishli tashkilotlar bilan mazkur muammolarni atroflicha hal etish ishlarini olib bormoqda.
– O‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar ofatdan jabrlangan fuqarolarga ma’qul bo‘lyapti. Fuqarolar, ayniqsa yoshlarning axloqiy-ruhiy holatini barqarorlashtirishga qaratilgan mashq va motivatsion tadbirlar ularning sodir bo‘lgan hodisani unutishlariga oz bo‘lsa-da, ko‘maklashadi, – deydi harbiy psixolog leytenant Xolmurod Ergashov.
Aytish kerakki, shu kungacha Mudofaa vazirligi harbiy psixologlaridan tashkil topgan ishchi guruh Mirzaobod, Oqoltin hamda Sardoba tumanlaridagi fuqarolar bilan ko‘plab tadbirlar o‘tkazdi. Bu jarayonda 4 ming 634 nafar fuqaro ishtirok etdi.
Texnogen halokat natijasida jabrlangan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish tadbirlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»