Urganch shahridagi transport xizmati ko‘rsatuvchi jamiyat tomonidan 4 ta korxona bilan sheriklik asosida ish boshlash uchun “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Xorazm viloyat filialidan yirik miqdorda kredit olishadi.
Biroq, mazkur jamiyat tomonidan kredit qarzdorligi vaqtida qaytarilmaganligi sababli, bank tomonidan kredit qarzdorligini so‘ndirish bo‘yicha sudga murojaat qilinadi. Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil aprel oyidagi ijro varaqasiga asosan yuqoridagi korxonalardan bank foydasiga 2.03 mlrd. so‘m kredit qarzdorlikni undirish belgilangan bo‘lib, ijro ishi doirasida MIB Urganch shahar bo‘limi tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilgan.
Shuningdek, sherik korxona balansida bo‘lgan “COBALT” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan 2019 yilda qidiruv e’lon qilingan.Byuroning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Xorazm viloyati, Urganch tumani, Killavut mahallasi xududidagi xonadonda yashirib ko‘yilganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Byuroning Urganch shahar bo‘limi binosiga olib kelinishi ta’minlandi.
Hozirda, Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan jamiyatning kredit qarzdorligini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»