2 473
Toshkentda yana 35 bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida 1 yoshli bola ham bor
Toshkentda 21 may kuni 35 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Ularning 31 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 4 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayib chiqqan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 21 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent shahridan, 5 nafardan Samarqand va Toshkent viloyatlaridan, 3 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan, 2 nafari Buxoro viloyatidan, 1 nafari Xorazm viloyatidan va yana 1 nafari Tojikistondan. Bemorlardan 24 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 76 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan bola ekani ma’lum qilindi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 1 nafardan Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Tojikistondan. Sog‘ayganlarning 3 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchilari bo‘lib, Rossiyadan kelgan. 1 nafar fuqaro (ayol) esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Ulardan eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda ekani aytildi.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 813 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 848 nafarga yetdi.
O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni bir kun avval 2372 nafarni tashkil qilayotgan edi. Endilikda ular soni 2 407 nafarga yetdi.
Kasallanganlarning umumiy soni esa 21 may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2950 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»