Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish, balki ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda. Bu haqda MIB matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 23.02.2018 yildagi qarzdor Melixo‘jayev Xudoyberdidan undiruvchi Akramova Odina foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘lim boshlig‘i Sh.Umaraliyev tomonidan olib borilgan tushuntirishlar natijasida oilaviy kelishmovchilikka chek quyilgan.
Uraimov X. va Orziyeva G.ning oilasi ham ajrashishi arafasida edi. Ularning bir nafar farzandi uchun aliment to‘lash belgilangandi. Ammo tushuntirishlar natijasida bu oila qayta tiklandi. Endigina 24 yoshni qarshi olgan ushbu juftlikka kelgusida tinch-totuvlikda birgalikda uzoq umr kechirishlariga tilak bildirildi.
Karantin davrida Qo‘rg‘ontepa tumanida Byuro xodimlarining jonbozligi bilan 112 ta ajarashayotgan oilani yarashtirilishiga erishildi. Oilalar yarashganligi munosabati bilan undiruvchilarning arizasiga asosan aliment unidirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ishlari yakunlandi.
Xabarda ta’kidlanganidek jamiyatimizning asosi bo‘lgan oilalar hech qachon ajralmasin. Zero, hech bir farzand otasiga begona bo‘lib, undan aliment to‘lovlarini olmasin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»