08:22 / 20.07.2020
3 428

+566: To‘qqiz hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

+566: To‘qqiz hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi
19 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 566taga oshib, jami kasallanish holatlari soni 16752taga yetdi.
«Shu yilning 19 iyul kuni mamlakatimizda 566 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 110 nafari Karantin muassasalarida, 456 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Shu kungacha kunlik ko‘rsatkich 500dan oshishi uch marta kuzatilgan edi. 13 iyul kuni kasallanganlar 594taga oshib, rekord qayd etilgan, 17-18 iyul kunlari mos ravishda 541 va 579 kishida virus tasdiqlangandi.

Ayni paytda mamlakatda 7386 kishi COVID-19'dan davolanmoqda. Ulardan qanchasi ambulator, qanchasi statsionar sharoitda davolanayotgani haqida ma’lumot yo‘q.

18 iyul, yangi holatlar:
Karantin markazida – 110 (barchasi xorijdan kelgan)
Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida - 456

Toshkent shahrida 267 nafar;
Andijon viloyatida 65 nafar;
Namangan viloyatida 22 nafar;
Toshkent viloyatida 31 nafar;
Buxoro viloyatida 17 nafar;
Sirdaryo viloyatida 41 nafar;
Samarqand viloyatida 9 nafar;
Surxondaryo viloyatida 3 nafar;
Jizzax viloyatida 1 nafar.

Tuzalganlar (+152)
Bugun O‘zbekistonning 5 hududida jami 152 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 9279 nafarga yetdi.

Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 108 nafar;
Sirdaryo viloyatida 16 nafar;
Andijon viloyatida 11 nafar;
Qoraqalpog‘istonda 2 nafar;
Farg‘ona viloyatida 1 nafar.

Qurbonlar soni 4 nafarga ortib, kamida 87 nafarga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 7386 nafar bemordan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 62 304 nafar, statsionar karantinda esa 22 159 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » +566: To‘qqiz hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi