«O‘zgidromet» boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra 27 iyuldan 29 iyulgacha O‘zbekiston hududi atmosferadagi kuchsiz g‘arbiy oqim harakati ta’sirida bo‘ladi, natijada respublikada ob-havoning o‘rtacha issiq va mamlakat hududining katta qismida quruq bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, 28 iyul seshanba kuni esa Farg‘ona vodiysining teksilik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 35-38 daraja bo‘ladi, ayrim joylarda 40 darajagacha yetadi.
30 iyul kuni Volgabo‘yi hamda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari ustida balandlikdagi siklon shakllanishi kutilmoqda, u 31 iyul kuni va avgustning birinchi kunlarida butun respublika hududidagi ob-havoning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
31 iyulda respublikaning barcha viloyatlarida ayrim joylarga, 1-2 avgust kunlari tog‘li va tog‘oldi tumanlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 33-36 darajagacha pasayadi, bu iyul oxiri — avgustning boshi uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.
Ba’zi kunlarda respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi