11:48 / 05.08.2020
3 209

+267: Besh hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

+267: Besh hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi
2020 yil 5 avgust soat 10:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 314 (+267) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent viloyatida, 84 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Buxoro viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) hamda Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 18 051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 096 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 619 nafari og‘ir, 208 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » +267: Besh hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi