22:57 / 14.08.2020
2 467

Toshkent viloyatida 23 785 ta ehtiyojmand oilaga 19,6 mlrd so‘m yordam puli tarqatildi

Toshkent viloyatida 23 785 ta ehtiyojmand oilaga 19,6 mlrd so‘m yordam puli tarqatildi
O‘zbekiston Prezident farmoniga asosan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali respublika budjetidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy berish doirasida Toshkent viloyatidagi 22 ta tuman va shaharda «temir daftar»ga kiritilgan oilalarga ham moddiy yordam pullari deyarli tarqatib bo‘lindi. Bu haqda Toshkenti viloyati hokimligi axborot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, viloyat bo‘yicha jami 34 972 ta xonadon «temir daftar»ga kiritilgan bo‘lib, ulardagi oila a’zolari soni 151 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Eng ko‘p ehtiyojmandlar soni Yangiyo‘l tumani hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublika budjetidan Toshkent viloyati uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 20,8 milliard so‘mni tashkil etadi. 2020 yilning 13 avgust kuni holatiga ko‘ra, ushbu mablag‘dan 19,6 milliard so‘mi 23 785 ta oilaga tarqatib bo‘lingan.

Tuman va shaharlar miqyosida olinsa, Bo‘stonliq, Bekobod, Bo‘ka, Yuqori Chirchiq, Angren, Chinoz, Zangiota, Toshkent, Qibray, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq tumanlari, Ohangaron, Yangiyo‘l, Nurafshon, Olmaliq, Bekobod shaharlarining barcha sektor rahbarlari tomonidan «temir daftar»ga kiritilgan jami ehtiyojmand oilalarga mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgan.

Hokimlik tomonidan qayd etilishicha, qolgan hududlar ham tez kunlarda rejani to‘liq bajarishi kutilmoqda.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatida 23 785 ta ehtiyojmand oilaga 19,6 mlrd so‘m yordam puli tarqatildi