Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, yo‘l harakati xavfsizligi inspektori, katta serjant Salim Umarov 1 sentabr kuni soat taxminan 19:00 da Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida navbatchilik qilayotgan edi.
«Grand Mir» mehmonxonasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda u hujjatlarni tekshirish uchun 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvidagi «Captiva» rusumli avtomashinani to‘xtatib, hujjatlarni tekshiradi. Katta serjant hujjatlarni tekshirib bo‘lib, haydovchiga qaytarib beradi va transport vositasini aylanib o‘tib, yo‘l chetiga qarab yuradi...
Shu vaqtda «Lacetti» rusumli avtomashinani ishonchnoma asosida boshqarib ketayotgan 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan «Captiva» bilan to‘qnashadi va harakatni davom ettirib, YPX xodimini ham urib ketadi.
Hodisa natijasida 30 yoshli inspektor Salim Umarov tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda u reanimatsiyada.
Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. To‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”