13:30 / 26.11.2020
5 262

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi
27-29 noyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Volgabo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

27 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.

27-28 noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 5 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi