16:09 / 12.01.2021
3 480

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda?

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda?
Respublika Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 13 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kutilmoqda?