Bugun, bahor faslining birinchi kuni O‘zbekiston hududida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi, bu me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublikada kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi.
3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, aksariyat viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.
4-5 martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5 martda 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi