O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar.
Tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Asosiy e’tibor Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadilar.
Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va ta’lim sohalariga oid qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi