
Bugundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo‘ladi.
Havo harorati kechalari 22-25 daraja issiq, kunduz kunlari 38-41 daraja issiq bo‘ladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri - iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.
“Biroq, O‘rta Osiyo iqlimi uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas”, deyiladi ma’lumotda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar