
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 9 avgust kuni va haftaning katta qismida respublika hududlari bo‘yicha, asosan, kam bulutli ob-havo bo‘ladi.
Havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 33-38 daraja bo‘ladi. Bu ushbu davr me’yoridan biroz yuqoridir.
12—13 avgust kunlari Qozog‘iston hududi orqali Ural hududlaridan O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi.
Osmonda bulutlar paydo bo‘ladi, lekin yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Kechalari havo harorati o‘zgarmaydi, kunduz kunlari 30-35 darajagacha pasayadi va iqlimiy me’yorga yaqinlashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar