
O‘zbekistonda 27 avgust va dam olish kunlari kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Faqat ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Havo harorati kechalari 17-22 darajani, kunduz kunlari 32-37 darajani tashkil etadi. Qayd etilishicha, bu me’yordan 2-3 daraja yuqoridir.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» haftaning birinchi yarmida respublika hududida me’yordan 2-3 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turishi, haftaning ikkinchi yarmida esa harorat foni asta-sekin pasaya boshlashini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar