22:35 / 23.10.2021
3 627

O‘zbekistonda qish qahraton bo‘ladimi?

O‘zbekistonda qish qahraton bo‘ladimi?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 21–22 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib kelishini darak bergandi. Markazning telegramdagi sahifasida 22 oktabr kuni Jizzaxning Zomin tumani tog‘li hududlarida qor yoqqani aks etgan foto va videolar qo‘yilgan.

Global temperatura ko‘tarilmoqda
Ayni damda dunyoda havo harorati keskin isib bormoqda. 4,5 milliard yillik tarixga ega yer sayyorasi temperaturani ko‘tarilishini ham tushishini ham boshidan o‘tkazgan.

Lekin tadqiqotchilarning aytishicha, 1980 yildan boshlab havo harorati yildan yilga isib bormoqda. Bunga sabablar ko‘p, lekin eng asosiysi inson faoliyati bois ko‘tarilmoqda.

O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda qanday havo harorati kuzatildi
Respublika gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi uch yillik eng issiq kechgan.
O‘zbekistonda oxirgi 5 yillikdagi kuzatuvlarlarda eng issiq uch yillik kuzatildi. Jumladan, 2016, 2018 va 2019-yillarda kuzatilgan o‘rtacha yillik havo harorati qiymatlari me’yoriy qiymatdan 2 darajagacha yuqori bo‘lgan.

Oxirgi yillarda uzoq va anomal issiq kunlarga boy yoz oylari qatoriga may va sentabr oylaridagi issiq haroratli kunlar qo‘shilmoqda.
Bahor oylarining boshlanishi fevral oyiga surilmoqda. Ba’zi hollarda iliq qish va qish oylarida yog‘inning asosiy qismi suyuq holatda kuzatilishi iqlim isib borayotganidan darak.

Kuz uchun belgilangan me’yordan sovuq harorat kuzatilmoqda
Aytish joizki, oxirgi uch yillikda kuzning aynan oktabr va noyabr oylari sovuq kelmoqda. Bu yil oktabr oyi boshi ham sovuq kelib, respublikaning janubiy hududlaridan tashqari barcha viloyatlarda me’yoriy qiymatdan 3-5 darajagacha past harorat kuzatildi.

Ammo oktabr oyning ikkinchi o‘n kunligida issiq va quruq havo kuzatilishi hisobiga, barcha viloyatlarda o‘rtacha o‘n kunlikdagi havo harorati me’yoriy qiymatdan yuqori kuzatildi. Uchinchi o‘n kunlik boshi esa yog‘ingarchiliklarga boy va nisbatan sovuq boshlandi.

Yaqin o‘n kunda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
Kelayotgan yangi haftada respublika hududlarida havo harorati biroz ko‘tarilib, kunlar asta sekin isiy boshlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, oyning uchunchi o‘n kunligi kam yog‘inli va nisbatan iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Haqiqiy qishni bu yil qachon kutib olamiz?
Respublikaning tog‘li hududlarida qish oyi allaqachon kirib kelib bo‘ldi. Chunki, deyarli barcha tog‘li hududlarda qor yog‘ib, kechalari havo harorati nol darajadan pasayib ketish holatlari kuzatildi.

Noyabr oyi uchun ishlab chiqilgan ob-havo prognozlariga ko‘ra, mutaxassislar respublika hududlarida oylik o‘rtacha havo harorati iqlimiy me’yor atrofida bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Bu doim biz kuzatib kelgan va o‘rganib qolgan “noyabr oyi havosi” desak bo‘ladi. Ammo ayrim kunlarda shimoldan arktik sovuq havo oqimlarning kirib kelishi tufayli havo haroratining keskin sovub ketishi, kechalari haroratning nol darajadan pasayib, qor yog‘ishi ham mumkin, bu noyabr oyi uchunchi o‘n kunliklari uchun xos bo‘lgan ob-havo hodisasidir.

Uzoq muddatli ob-havo prognozlarini tuzish mushkul
Umuman, dunyoda keyingi oylar yoki keyingi fasl uchun uzoq muddatli ob-havo prognozlarini ishlab chiqish mutaxasis sinoptiklarga doimo qiyinchiliklar tug‘dirgan va ob-havo pronoz ishlab chiqish bo‘yicha aniq bir usulning o‘zi yo‘q.
Shuning uchun kelayotgan qish oylarida kutilayotgan harorat va boshqa ob-havo hodisalari to‘g‘risida bir narsa deyish qiyin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda qish qahraton bo‘ladimi?