Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rasman ma’lum qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xabar berishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 6 noyabr kuni soat 11:00da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yangi binosi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Prezident qasamyod qabul qilganidan so‘ng unga prezident belgisi va shtandarti topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni keyingi besh yilga O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...