18:10 / 07.11.2021
1 645

Namanganda yashash xonadonida 10 dan ortiq bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan ota-bola jazoga tortildi

Namanganda yashash xonadonida 10 dan ortiq bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan ota-bola jazoga tortildi
Namangan shahar «Mehribonlik» MFY binosida 29-oktabr kuni sud tomonidan uyida tegishli hujjatlarsiz diniy ta’lim berib kelgan ota-bolaning huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning noyabr oyidan joriy yilning sentabr oyiga qadar Namangan shahrida yashovchi fuqaro I.A. va uning o‘g‘li I.A. yashash xonadonida 10 dan ortiq voyaga yetmagan bolaga tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan.

Qayd etilishicha, surishtiruv organi tomonidan ota-bola harakati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim qilingan.

Sud majlisida huquqbuzar ota-bola qilgan ishi noto‘g‘ri ekanini, maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limdan saboq berib huquqbuzarlik sodir etganini tan olib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, ish atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga tegishli tartibda jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan ona-bola aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamalgani va Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan 42 yoshli erkak jarimaga tortilgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namanganda yashash xonadonida 10 dan ortiq bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan ota-bola jazoga tortildi